So'm va dollorni bir-biriga aylantirish uchun «Yana → O'tkazma» bo'limidan foydalaning — kurs Markaziy bank kursidan avtomatik olinadi.
Biz haqimizda
Kim yaratgan
A
—
Dasturchi va loyiha muallifi
TezHisobot — katta kompaniya emas: uni bitta dasturchi yaratgan va o'zi yuritadi.
Loyiha 2026-yil mart oyidan beri uzluksiz ishlab turibdi.
Savol, taklif yoki muammo bo'lsa — to'g'ridan-to'g'ri menga yozing, javob beraman.
Maxfiylik — pulingiz va ma'lumotlaringiz
🏦
Bank hisobingizga ulanmaymiz. Karta raqami, PIN-kod, SMS-tasdiq kodi yoki bank
ilovasi parolingiz hech qachon so'ralmaydi. Barcha summalarni o'zingiz qo'lda kiritasiz —
ilova pulingizga jismonan tega olmaydi.
🔐
Parolingiz o'qib bo'lmaydigan holatda saqlanadi (PBKDF2-SHA256, 120 000 iteratsiya).
Uni na muallif, na bazani ko'rgan boshqa odam tiklay oladi.
🔒
Aloqa shifrlangan. Sayt HTTPS orqali ishlaydi (Let's Encrypt sertifikati),
ma'lumotlaringiz esa o'zimizning serverimizda saqlanadi.
🚫
Reklama tarmoqlari va kuzatuvchilar yo'q. Saytda Google Analytics, Facebook Pixel
yoki shunga o'xshash biror kuzatuv skripti ishlatilmaydi. Ma'lumotlaringiz hech kimga
sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
🤖
Sun'iy intellekt — aynan nima yuboriladi. Botga matn yoki ovoz bilan xarajat aytsangiz,
o'sha xabar hisob nomlaringiz, joriy balanslar va faol qarzlar ro'yxati bilan birga
tahlil uchun Google Gemini'ga yuboriladi — summani va kategoriyani to'g'ri tanib olish uchun.
Parolingiz va to'liq tranzaksiyalar tarixingiz yuborilmaydi.
Saytda (tezhisobot.uz) sun'iy intellekt umuman ishlatilmaydi.
👑
Premium to'lovi. Pulni o'zingiz karta orqali o'tkazasiz va chek skrinshotini yuborasiz —
u faqat tasdiqlash uchun adminga boradi. Bazada faqat summa, tarif va holat qoladi;
karta ma'lumotlaringiz saqlanmaydi.
🗑
Istalgan vaqtda hammasini o'chirasiz. Botdagi /restart buyrug'i hisoblaringiz,
tranzaksiyalar, budjetlar, qarzlar va maqsadlaringizni bazadan butunlay o'chiradi.
Bu amalni orqaga qaytarib bo'lmaydi.